Garov toʻgʻrisida 12-modda. Garovning vujudga kelish payti

Garov garov shartnomasi imzolangan paytdan eʼtiboran, shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan hollarda esa, shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Agar shartnomaga yoki qonunlarga muvofiq garov narsasi garovga oluvchida turishi lozim boʻlsa, garov huquqi unga garov narsasi berilgan paytda, agar garov narsasi shartnoma imzolangunga qadar berilgan boʻlsa, shartnoma imzolangan paytda vujudga keladi.