1. Agar garov shartnomasida oʻzga qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, takroriy va keyingi garovlarga yoʻl qoʻyiladi. Bu holda avvalgi garovga oluvchining (avvalgi garovga oluvchilarning) garovi oʻz kuchini saqlab qoladi. 2. Garov huquqi keyinroq vujudga keladigan garovga oluvchining talabi avvalgi garovga oluvchining talablari toʻliq bajo etilgandan keyin qondiriladi. 3. Garovga qoʻyuvchi har bir garovga oluvchiga barcha avvalgi va keyingi garovlari haqida, shuningdek bu garovlar bilan taʼminlangan majburiyatlarning xususiyati va miqdori haqida maʼlum qilishi shart. Garovga qoʻyuvchi garovga oluvchilardan har birida u bu majburiyatni bajarmasligi oqibatida paydo boʻladigan zararni qoplashi shart.