Agar shartnomada yoki qonunda oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchi: a) zakalat narsasini yoki shartnomada nazarda tutilgan narsasini saqlab qolish uchun zarur choralarni koʻrishi; b) shartnomada nazarda tutilgan hollarda garovga qoʻyuvchining manfaatlarini koʻzlab garovga qoʻyilgan ashyodan daromad chiqarib olishi; v) garov narsasining nobud boʻlishi yoki shikastlanishi xavfi paydo boʻlganida zudlik bilan garovga qoʻyuvchiga xabar qilishi; g) qarzdor yoki uchinchi shaxs majburiyatni bajarganidan keyin garov narsasini darhol qaytarib berishi; d) ashyoga – garov narsasiga egalik qilish bilan bogʻliq soliqlar va yigʻimlarni garovga qoʻyuvchi hisobidan toʻlashi shart.