Garov toʻgʻrisida 33-modda. Mol-mulk garovga qoʻyuvchida qoldiriladigan garovda garovga qoʻyuvchining majburiyatlari

Mol-mulk garovga qoʻyuvchida qoldiriladigan garovda, agar shartnomada oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi: a) garov narsasini oʻz hisobidan uning toʻliq qiymatiga sugʻurta qildirishi; b) garov narsasining saqlanishi yuzasidan, xususan asosli va joriy taʼmirlashni qoʻshgan holda, choralar koʻrishi; v) garov narsasini ijaraga berganlik toʻgʻrisida garov oluvchini xabardor qilishi shart.