Garov toʻgʻrisida 40-modda. Ipoteka garovi garovga qoʻyuvchisi tomonidan majburiyatlar buzilishining oqibatlari

1. garovga qoʻyuvchi ipoteka narsasini saqlash uchun choralarni koʻrishga doir majburiyatlarini buzgani taqdirda, garovga oluvchi zaruratga qarab, undirishni ipoteka narsasiga qaratgan holda ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga haqlidir. 2. Garovga qoʻyuvchi ipoteka narsasini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatlarni buzgan taqdirda garovga oluvchi asosiy qarz muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga yoxud ipoteka narsasini oʻz hisobidan, lekin garovga qoʻyuvchining manfaatlarini koʻzlab undan sugʻurta qildirishga ketgan chiqimlarni undirgan holda, sugʻurta qilishga haqlidir. 3. Ushbu moddaning 1 va 2-bandlarida uqtirib oʻtilgan oqibatlar, ipoteka narsasi garovga qoʻyuvchida yoki uchinchi shaxsda turganidan qatʼi nazar, boshlanadi. Garovga qoʻyuvchi bunday uchinchi shaxsning xatti-harakatlari uchun garovga oluvchi oldida baayni oʻz xatti-harakatlaridek javobgar boʻladi.