1. Garovga qoʻyuvchiga tegishli egalik qilish va foydalanish huquqlari, shu jumladan ijarachining huquqlari, majburiyatlaridan kelib chiquvchi boshqa huquqlar (talablar) va oʻzga mulkiy huquqlar garov narsasi boʻlishi mumkin. 2. Garov narsasi boʻlishi qonun bilan man qilingan huquqlarni garovga qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi. 3. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni, shuningdek oʻzga tabiiy resurslarga nisbatan boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyishga qonunlarda belgilangan meʼyor va shartlarda ruxsat etiladi. 4. Muddatli huquq uning amal qilish muddati tugagunga qadargina garov narsasi boʻlishi mumkin. 5. Garovga qoʻyuvchi huquqlar garovi amalga oshirilgani haqida oʻz qarzdorini xabardor qilishi shart. Basharti, huquqlar garovi toʻgʻrisidagi shartnomada oʻzgacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga nisbatan qarzdor hisoblanuvchi shaxs garovga oluvchi majburiyatini bajarishi lozim.