Agar shartnomada oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, huquqlar garovga oluvchi: a) majburiyat bilan taʼminlangan garov ijrosi muddati boshlanganidan qatʼi nazar, agar garovga qoʻyuvchi ushbu Qonunning 47-moddasi 1-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan boʻlsa, garovga qoʻyilgan huquq oʻziga oʻtkazilishini sud orqali talab qilishga; b) garovga qoʻyilgan huquq masalasi koʻrib chiqiladigan sud ishida uchinchi shaxs sifatida qatnashishga; v) garovga qoʻyuvchi 47-moddaning 1-bandi “g” bandchasida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda, garovga qoʻyilgan huquq uchinchi shaxslar tomonidan buzilishining oldini olish uchun mustaqil ravishda himoya choralarini koʻrishga haqlidir.