Garov toʻgʻrisida 51-modda. Garovni davlat tomonidan roʻyxatga olish

Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan korxonaning butunlay yoki boshqa mol-mulkning garovga qoʻyilishi bunday roʻyxatni amalga oshiradigan idorada roʻyxatga olinishi lozim. Agar mol-mulk garovi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlsa, unda garov toʻgʻrisidagi shartnoma roʻyxatga olingan paytdan boshlab tuzilgan deb hisoblanadi.