Garov toʻgʻrisida 56-modda. Garovni roʻyxatga olishning amal qilish muddati

1. Garovni roʻyxatga olish 5 yil mobaynida amal qiladi va garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilgunga yoxud bunday majburiyatning amal qilish muddati tugagunga qadar navbatdagi besh yillik muddatga uzaytirilishi mumkin. 2. Agar garovni roʻyxatga olishning amal qilish muddati qarzdor (garovga qoʻyuvchi) korxonani tugatish toʻgʻrisida sudda ish qoʻzgʻash paytiga qadar tugasa, roʻyxatga olish yakunlangan paytdan boshlab oltmish kun mobaynida va tugatish uchun belgilangan muddat oʻtgunga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi. 3. Garovni roʻyxatga olishning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza roʻyxatga olishning besh yillik muddati tugashiga kamida 6 oy qolganida joʻnatilishi lozim. 4. Agar garovning roʻyxatga olinishini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ushbu moddaning 3-bandida koʻrsatilgan muddat tugagunga qadar joʻnatilmagan boʻlsa, roʻyxatni amalga oshirgan idora roʻyxatga olishning amal qilish muddati tugaganidan soʻng roʻyxatga olish daftaridagi garov toʻgʻrisidagi yozuvni bekor qilishi lozim.