Garov toʻgʻrisida 61-modda. Garovni roʻyxatga olishga doir majburiyatlarni buzganlik uchun garovga qoʻyuvchining javobgarligi

Garovga oluvchi garovga qoʻyuvchidan garovni roʻyxatdan oʻtkazishga doir belgilangan muddatlarni buzganlik uchun jarima undirishga, shuningdek muddatni oʻtkazib yuborish oqibatida yetkazilgan zararning jarima bilan qoplanmagan qismini toʻlashni talab qilishga haqlidir. Jarima miqdori shartnoma bilan belgilanadi.