1. Joylardagi davlat hokimiyati yoki davlat boshqaruvi idorasining qonunlarga nomuvofiq ravishda chiqargan hujjati natijasida garovga oluvchining garov narsasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga doir huquqlari buzilgan taqdirda, bunday hujjat garovga oluvchining daʼvosiga binoan sud yoki xoʻjalik sudi tomonidan haqiqiy emas deb eʼtirof etilishi mumkin. 2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan oqibatlar garovga qoʻyuvchi garov narsasini xoʻjalikda toʻliq tasarruf etish yoki operativ boshqarish huquqidan mahrum etilgan hollarda ham yuzaga keladi. 3. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan hujjatlar chiqarilishi natijasida garovga oluvchiga yetkazilgan zarar qiymati tegishli davlat hokimiyati yoki davlat boshqaruv idorasi tomonidan toʻliq xajmda toʻlanishi lozim.