Garov toʻgʻrisida 68-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida kimoshdi savdosida sotish

1. Garov toʻgʻrisidagi tashqi savdo shartnomasida tomonlar garov toʻgʻrisidagi shartnomani imzolashda yoki keyin kelishib olish asosida garovga qoʻyilgan mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida kimoshdi savdosi qilib sotishni belgilab qoʻyishga haqlidir. 2. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni kimoshdi savdosi tarzida sotish tartiboti kimoshdi savdosi qaysi davlat hududida oʻtkaziladigan boʻlsa, ana shu davlat huquqi bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan garovga qoʻyilgan mol-mulk respublikadan tashqarida kimoshdi savdosida sotilsa, bunda dastavval Oʻzbekiston Respublikasining boj toʻgʻrisidagi qonunlarida koʻzda tutilgan talablar bajarilmogʻi kerak.