Hakamlik sudi nizolarni Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida hal qiladi. Hakamlik sudi shartnoma shartlariga muvofiq va ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda hal qiluv qarorini qabul qiladi. Agar hakamlik bitimi taraflarining munosabatlari qonunchilik yoki hakamlik bitimi taraflarining kelishuvi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tartibga solinmagan boʻlsa va bu munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladigan ish muomalasi odati mavjud boʻlmasa, hakamlik sudi shunga oʻxshash munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini qoʻllaydi (qonun oʻxshashligi), mazkur hollarda qonun oʻxshashligidan foydalanish imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa hakamlik bitimi taraflarining huquq va majburiyatlari qonunchilikning mazmunidan (huquq oʻxshashligi) hamda halollik, oqillik va adolat talablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.