Hakamlik bitimi yozma shaklda tuziladi. Hakamlik bitimi shartnomaning tarkibiy qismi boʻlgan shartnoma sharti yoki alohida bitim tarzida rasmiylashtirilishi mumkin. Hakamlik bitimi, agar u hakamlik bitimi taraflari tomonidan imzolangan hujjatda ifodalangan boʻlsa yoki bunday bitimni qayd etishni taʼminlovchi elektron yoxud boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda xatlar yoki xabarlar almashish yoʻli bilan tuzilgan boʻlsa, yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, hakamlik bitimi haqiqiy emas deb hisoblanadi.