Hakamlik sudlari toʻgʻrisida 18-modda. Hakamlik sudyasining vakolatlarini tugatish

Hakamlik sudyasining vakolatlari hakamlik muhokamasi taraflarining kelishuviga binoan, ushbu Qonunning 14 , 16 va 17 -moddalariga muvofiq hakamlik sudyasining oʻzini oʻzi rad qilishi yoki rad qilinishi munosabati bilan, shuningdek hakamlik sudyasi vafot etgan taqdirda tugatilishi mumkin. Hakamlik sudyasining vakolatlari muayyan nizo boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin tugatiladi. Ushbu Qonunning 40 , 41 va 42 -moddalarida nazarda tutilgan hollarda hakamlik sudyasining vakolatlari tiklanadi, koʻrsatilgan moddalarda nazarda tutilgan harakatlar amalga oshirilganidan soʻng tugatiladi.