Hakamlik sudyalari gonorarining miqdori daʼvoning bahosi, nizoning murakkabligi, hakamlik sudyalari hakamlik muhokamasi uchun sarflagan vaqt va gonorar miqdoriga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa holatlar hisobga olingan holda belgilanadi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudida hakamlik sudyalari gonorarining miqdori hakamlik sudi tarkibi tomonidan hakamlik sudyalarining doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalarida nazarda tutilgan hakamlik sudyalari gonorarlari shkalasiga muvofiq, bunday shkala boʻlmagan taqdirda esa, ushbu moddaning birinchi qismi talablari hisobga olingan holda belgilanadi. Muvaqqat hakamlik sudida hakamlik sudyalari gonorarining miqdori hakamlik muhokamasi taraflari kelishuvi boʻyicha va ushbu moddaning birinchi qismi qoidalari hisobga olingan holda hakamlik sudi tomonidan belgilanadi. Hakamlik sudyasining gonorariga qonunchilikka muvofiq soliq solinadi.