Hakamlik sudlari toʻgʻrisida 25-modda. Hakamlik muhokamasi qoidalarini belgilash

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi, agar hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik muhokamasining boshqa qoidalari qoʻllanilishi toʻgʻrisida shartlashmagan boʻlsalar, hakamlik muhokamasini doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalariga muvofiq amalga oshiradi. Muvaqqat hakamlik sudi hakamlik muhokamasini hakamlik muhokamasi taraflari tomonidan kelishilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiradi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq hakamlik muhokamasi taraflari tomonidan kelishilgan hakamlik muhokamasi qoidalari ushbu Qonun qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak. Hakamlik muhokamasining hakamlik muhokamasi taraflari tomonidan kelishilmagan, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalari va ushbu Qonun bilan belgilanmagan qismida hakamlik muhokamasi qoidalari hakamlik sudi tomonidan belgilanadi.