Hakamlik sudlari toʻgʻrisida 27-modda. Hakamlik muhokamasining tili

Agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan boʻlsalar, hakamlik muhokamasi davlat tilida olib boriladi. Hakamlik sudi hakamlik muhokamasi taraflaridan hujjatlar va boshqa materiallar hakamlik muhokamasi tiliga tarjima qilinishini talab etishi mumkin. Hakamlik muhokamasi tilida boʻlmagan hujjatlar va boshqa materiallarni taqdim qilayotgan hakamlik muhokamasi tarafi ularning tarjima qilinishini taʼminlashi kerak.