Hakamlik sudlari toʻgʻrisida 42-modda. Yozuvdagi xatolarni va arifmetik xatolarni tuzatish

Nizo boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilgan hakamlik sudi yozuvda yoʻl qoʻyilgan xatolarni va arifmetik xatolarni hakamlik muhokamasi tarafining arizasiga koʻra tuzatishga haqli. Yozuvda yoʻl qoʻyilgan xatolarni va arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisidagi arizani nizoni hal qilgan hakamlik sudi tarkibi ariza olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida koʻrib chiqishi kerak. Tegishli arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hakamlik sudi hal qiluv qarorining tarkibiy qismi boʻlgan yozuvdagi xatolarni va arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.