Hakamlik sudining hal qiluv qarori mazkur hal qiluv qarorida belgilangan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ijro etiladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorida ijro etish muddati belgilanmagan boʻlsa, u darhol ijro etilishi kerak. Hakamlik sudining hal qiluv qarori davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan ixtiyoriy ijro etilishi mumkin emas.