Oʻzbekiston Respublikasida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi va muvaqqat hakamlik sudlari tashkil etilishi mumkin. Davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hakamlik sudlarini tashkil etishi hamda hakamlik bitimi taraflari boʻlishi mumkin emas. Hakamlik sudlari yuridik shaxs boʻlmaydi.