Hakamlik sudlari toʻgʻrisida 53-modda. Ijro varaqasi berishni rad etish asoslari

Vakolatli sud ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas. Vakolatli sud ijro varaqasi berishni rad etish toʻgʻrisida ushbu Qonunning 47-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ajrim chiqaradi. Vakolatli sud ijro varaqasi berishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqargan taqdirda, hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yoxud taalluqlilik va sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilgan holda vakolatli sudga yangitdan murojaat etishga haqlidir, ushbu Qonun 48-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.