Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tegishli hududlarda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazishni va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishni amalga oshiradilar. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlarini tashkil etish va faoliyatini tugatish, muvaqqat hakamlik sudlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi, shuningdek doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari tarkibiga kiruvchi hakamlik sudyalari haqidagi axborot Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tizimlashtiriladi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik toʻplami”da eʼlon qilinadi. Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Nizom bilan belgilanadi.