Ichki ishlar organlari tuman, shahar ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻining va boshqa yuqori turuvchi rahbarlarning ogʻzaki yoki yozma qaroriga koʻra hududdagi uchastkalarni oʻrab olishni (toʻsib qoʻyishni) quyidagi hollarda amalga oshirish huquqiga ega: avariyalar, tabiiy va texnogen xususiyatga ega boʻlgan falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatishda, epidemiyalar va epizootiyalar vaqtida karantin tadbirlarini oʻtkazishda; ommaviy tartibsizliklarga hamda transport harakatini, aloqa vositalarini va tashkilotlar ishini izdan chiqaruvchi boshqa harakatlarga chek qoʻyish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazishda; qamoqdan qochgan shaxslarni va jinoiy jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni qidirishda; jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni taʼqib etishda; terrorchilikka qarshi operatsiyani oʻtkazishda, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari yoxud zaharli yoki radioaktiv moddalar topilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirishda; ommaviy tadbirlar, shu jumladan bayramlar, xalq sayillari, mitinglar, koʻcha yurishlarini oʻtkazishda. Agar fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash, tergov harakatlarini, tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, hodisa joyini qoʻriqlash, shuningdek xavf tahdid solayotgan mulk obyektlarini himoya qilish uchun zarur boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda hududdagi uchastkalarni oʻrab olish (toʻsib qoʻyish) chogʻida transport vositalari va piyodalar qatnovi cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin. Agar fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavfning oldini olish uchun zarur boʻlsa va ularni boshqacha usulda himoya qilish mumkin boʻlmasa, oʻrab olish (toʻsib qoʻyish) jismoniy va yuridik shaxslarga qarashli turar joylarga, imoratlarga va boshqa obyektlarga nisbatan ham amalga oshirilishi mumkin. Ichki ishlar organlari ushbu moddada koʻrsatilgan harakatlarni amalga oshirishda boʻlgʻusi oʻrab olish (to