Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida 21-modda. Jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va oʻqotar qurolni qoʻllash shartlari

Ichki ishlar organi xodimi oʻziga biriktirilgan oʻqotar qurol va maxsus vositalarni xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida olib yurish, saqlash, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va oʻqotar qurolni qoʻllash huquqiga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ega boʻladi. Ichki ishlar organi xodimi maxsus tayyorgarlikdan, shuningdek jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishi bilan bogʻliq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini tekshirish uchun davriy tekshiruvdan oʻtishi shart. Maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan xodimga tegishli sertifikat beriladi. Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishi bilan bogʻliq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini aniqlash boʻyicha tekshiruvdan oʻta olmagan ichki ishlar organi xodimi egallab turgan lavozimga muvofiqligini aniqlash uchun attestatsiyadan oʻtadi. Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishidan avval ularni qoʻllash niyati toʻgʻrisida aniq ifodalangan ogohlantirish boʻlishi kerak, bundan ushbu ogohlantirishning imkoni boʻlmagan yoxud ularning qoʻllanilishini kechiktirish fuqarolarning va ichki ishlar organi xodimining hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf tugʻdiradigan hamda boshqa ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan hollar mustasno. Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilishi yuzaga kelgan vaziyatga, shaxslar xatti-harakatlarining xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq boʻlishi kerak. Bunda ichki ishlar organi xodimi har qanday zararning imkon qadar kam boʻlishiga intilishi shart. Ichki ishlar organi xodimi, agar yuzaga kelgan vaziyatda maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash uchun mazkur moddada hamda ushbu Qonunning 23 va 24-moddalarida nazarda tutilgan asoslar vujudga kelishi mumkin deb hisoblasa, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash uchun tayyorlash hamda ularni jangovar holatga keltirish huquqiga ega. Jismoniy kuch ishl