Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida 24-modda. Oʻqotar qurolni qoʻllash

Ichki ishlar organi xodimi quyidagi hollarda oʻqotar qurolni qoʻllash huquqiga ega: fuqarolarni yoxud oʻzini hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlgan, zoʻrlik ishlatish bilan qilingan hujumdan himoya qilishda; garovdagilarni ozod qilishda; oʻta ogʻir jinoyatni sodir etish chogʻida koʻrib qolingan va yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda, agar boshqa vositalar bilan bu shaxsni ushlash imkoni boʻlmasa; ichki ishlar organlarining oʻqotar qurollarini, oʻq-dorilarini, portlovchi moddalarini, transport vositalarini, maxsus va jangovar texnikasini egallab olishga boʻlgan urinishlarga chek qoʻyishda; fuqarolarning uy-joylariga, davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning qoʻriqlanadigan obyektlariga, oʻta muhim yuklariga, transport vositalariga, binolariga guruh boʻlib qilingan hujumni yoki qurolli hujumni daf etishda; qurolli qarshilik koʻrsatayotgan shaxsni, shuningdek yonidagi qurolni, oʻq-dorilarni, portlovchi moddalarni, portlatish qurilmalarini, zaharli yoki radioaktiv moddalarni topshirish toʻgʻrisidagi qonuniy talabni bajarishni rad etayotgan shaxsni ushlashda; jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarning, oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning qamoqdan qochib ketishiga chek qoʻyishda, shuningdek ushbu shaxslarni kuch ishlatib ozod qilishga boʻlgan urinishlarga chek qoʻyishda; agar transport vositasining haydovchisi fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga haqiqiy xavf tugʻdirsa hamda ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qaramay, toʻxtashdan bosh tortsa, ushbu transport vositasini shikastlash yoʻli bilan toʻxtatishda; insonning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solayotgan hayvonni zararsizlantirishda; qurol ishlatish niyati haqida ogohlantirish sifatida oʻq otishda, yuqoriga qarata yoki boshqa xavfsiz yoʻnalishda oʻq otish orqali xavf-xatar signali berishda yoki yordamga chaqirishda. Ichki ishlar organining xodimi oʻqotar qurolni qoʻllashdan oldin ogo