Ichki ishlar organlaridagi xizmatga birinchi marta qabul qilingan fuqarolar quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi: “Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirar ekanman, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, mamlakat tinchligi, osoyishtaligi va xavfsizligini mustahkamlash borasidagi burchimni va zimmamga yuklatilgan majburiyatlarni vijdonan, sidqidildan bajarishga vaʼda beraman. Vatanimga va Oʻzbekiston xalqiga sodiq boʻlishga qasamyod qilaman”.