Ichki ishlar organlari xodimlariga quyidagi maxsus unvonlar beriladi: safdorlar tarkibi — safdor; serjantlar tarkibi — kichik serjant, serjant, katta serjant; ofitserlar tarkibi: kichik ofitserlar tarkibi — leytenant, katta leytenant, kapitan; katta ofitserlar tarkibi — mayor, podpolkovnik, polkovnik; generallar tarkibi — general-mayor, general-leytenant, general-polkovnik. Maxsus unvonlarni berish va ulardan mahrum etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.