Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida 34-1-modda. Ichki ishlar organlari tergov boʻlinmalari xodimlarining daxlsizligi

Ichki ishlar organlarining tergov boʻlinmalari surishtiruvchilariga, tergovchilariga va rahbarlariga nisbatan jinoyat ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, Toshkent shahar, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining tergovchilariga, boʻlinmalari rahbarlariga va boshligʻiga nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan qoʻzgʻatiladi.