Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida 38-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini uy-joy maydoni bilan taʼminlash

Uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan ichki ishlar organlari xodimlari belgilangan tartibda uy-joy maydoni olish huquqiga ega. Ichki ishlar organlari xizmat uy-joy fondiga ega boʻlishi mumkin. Ichki ishlar organlari xodimlariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya toʻlanadi. Ichki ishlar organlari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda uzoq muddatli, imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar olish huquqi beriladi va yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion vositasida sotib olish xarajatlarining oʻrni qoplanadi.