Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida 43-modda. Ichki ishlar organlarining xodimlariga va ularning oilalariga ijtimoiy yordam koʻrsatish

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri ichki ishlar organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan xodimlariga, shuningdek halok boʻlganlarning oila aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda bir marotabalik nafaqa tayinlashga haqli. Qonunchilikda xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga ularni ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilishda va Oʻzbekiston Respublikasining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda afzalliklar berilishi mumkin.