Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida 44-modda. Ichki ishlar organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti

Ichki ishlar organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi, bundan yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladigan boʻlinmalar mustasno. Ichki ishlar organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan boʻlinmalari ushbu shaxslar hisobidan taʼminlanadi. Ichki ishlar organlari xodimlari bepul formali kiyim-bosh bilan taʼminlanadi. Ashyoviy taʼminot normalari, shuningdek formali kiyim-boshni kiyish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. Ichki ishlar organlarida budjetdan tashqari jamgʻarma tashkil etilishi mumkin, uni tashkil etish tartibi qonunchilikda belgilanadi. Ichki ishlar organlari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.