Ipotekaga qoʻyuvchi ipoteka toʻgʻrisida shartnoma tuzilayotganda ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotgan paytda oʻziga maʼlum boʻlgan uchinchi shaxslarning ipoteka narsasiga boʻlgan barcha huquqlari (garov, yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar, servitutlar va boshqa huquqlar) haqida ipotekaga oluvchini yozma shaklda ogohlantirishi shart. Bu majburiyatning bajarilmasligi ipotekaga oluvchiga ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini yoki ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma shartlari oʻzgartirilishini talab qilish huquqini beradi.