Ipotekaga oluvchining ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlari, agar ushbu Qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin. Garov xatida, agar ushbu Qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ipotekaga oluvchining qonun asosidagi ipoteka boʻyicha va mazkur ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha huquqlari tasdiqlanishi mumkin. Garov xati egasining nomi yozilgan noemissiyaviy qimmatli qogʻoz boʻlib, u garov xati qonuniy egasining quyidagi huquqlarini tasdiqlaydi: ipoteka bilan taʼminlangan pul majburiyatining, shu majburiyat mavjudligining boshqa dalillarini taqdim etmagan holda bajarilishiga erishish huquqi; ipoteka belgilangan mol-mulkka boʻlgan garov huquqi. Ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor va (yoki) ipotekaga qoʻyuvchi garov xati boʻyicha majburiyatli shaxslardir. Garov xati ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan, agar u bu majburiyatda ishtirok etmaydigan uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) boʻlsa, shuningdek ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor tomonidan qogʻoz (bundan buyon matnda hujjatli garov xati deb yuritiladi) yoki elektron (bundan buyon matnda elektron garov xati deb yuritiladi) shaklda tuziladi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuboriladi. Elektron garov xati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron garov xati shaklini toʻldirish orqali rasmiylashtiriladi. Garov xati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin rasmiylashtiriladi. Hujjatli garov xati rasmiylashtirilganidan keyin dastlabki ipotekaga oluvchiga beriladi. Elektron garov xati rasmiylashtirilganidan keyin “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyatiga va dastlabki ipotekaga oluvchiga yuboriladi. Hujjatli garov xatini saqlash va u boʻyicha huquqlarning hisobi ipotekaga oluvchi tomonidan, elektron garov xatini saqlash va u boʻyicha huquqlarning hisobi esa “Qimmatli qogʻozlar markaziy