Ipoteka toʻgʻrisida 16-modda. Garov xatining mazmuni

Garov xatida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: hujjat nomiga kiritilgan “garov xati” degan soʻz; ipotekaga qoʻyuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki, agar ipotekaga qoʻyuvchi yuridik shaxs boʻlsa, uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili); ipotekaga oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki, agar ipotekaga oluvchi yuridik shaxs boʻlsa, uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili); majburiyatning bajarilishi ipoteka bilan taʼminlanadigan shartnomaning mazkur shartnoma tuzilgan sana va joy yoki ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatning vujudga kelishi asoslari koʻrsatilgan rekvizitlari; ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdorning, agar u ipotekaga qoʻyuvchi boʻlmasa, familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki, agar qarzdor yuridik shaxs boʻlsa, uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili); ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat summasi va, agar shu majburiyat boʻyicha foizlar toʻlanishi kerak boʻlsa, ularning miqdori yoxud bu summa va foizlarni lozim paytda aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar; ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat summasi toʻlanadigan muddat, agar bu summa qismlarga boʻlib toʻlanishi lozim boʻlsa, tegishli toʻlovlarning muddatlari (davriyligi) hamda ulardan har birining miqdori yoki toʻlovlarning ana shu muddatlari va miqdorlarini aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar (qarzni uzish rejasi); ipoteka belgilangan koʻchmas mulkning nomi va uni identifikatsiya qilish uchun yetarli tavsifi hamda shunday mulk turgan joy; ipoteka belgilangan koʻchmas mulkning pulda ifodalangan qiymati; ipoteka narsasi boʻlgan koʻchmas mulk ipotekaga qoʻyuvchiga tegishliligiga sabab boʻlgan huquq va davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami, sanasi va joyi koʻrsatilgan holda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi, agar ipotekaga qoʻyuvchiga tegishli ijara huquqi ipoteka narsasi boʻlsa, ushbu qismning toʻqqizinchi xatboshisiga muvofiq ijara narsasi boʻlgan shunday mol-mulkning nomi va shu huquqn