Garov xatiga ipoteka shartlarini belgilaydigan yoki ipotekaga oluvchi garov xati boʻyicha oʻz huquqlarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar ilova qilinishi mumkin. Agar garov xatiga ilova qilinadigan hujjatlar ularni identifikatsiya qilish uchun yetarli darajada garov xatida aniq koʻrsatilmagan boʻlsa va bunday hujjatlar uning ajralmas qismi ekanligi nazarda tutilmagan boʻlsa, ular garov xati boʻyicha huquqlar garov xatini sotish, garovga qoʻyish natijasida yoki boshqacha tarzda qaysi shaxslarga oʻtgan boʻlsa, ana shu shaxslar uchun majburiy emas.