Ipoteka toʻgʻrisida 20-modda. Garov xati boʻyicha huquqlarni amalga oshirish va ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish

Garov xatining qonuniy egasi shartnomada yoki qonunchilikda nazarda tutilgan oʻz huquqlarini amalga oshirayotganda garov xatini tegishli huquq qaysi shaxsga nisbatan amalga oshirilayotgan boʻlsa, shu majburiyatli shaxsga (qarzdorga yoki ipotekaga qoʻyuvchiga) uning talabiga binoan koʻrsatishi shart, bundan: hujjatli garov xati notarius depozitiga topshirilgan; hujjatli garov xati garovga oluvchiga oʻtkazilgan holda garovga qoʻyilgan; garov xati elektron tarzda rasmiylashtirilgan hollar mustasno. Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat toʻliq bajarilganidan keyin hujjatli garov xatini ipotekaga qoʻyuvchiga topshirishi, majburiyat qismlarga boʻlib bajarilgan hollarda esa, uning qisman bajarilishini ipotekaga qoʻyuvchi uchun yetarli va hujjatli garov xatiga kelgusida egalik qilish ehtimoli boʻlganlar uchun yaqqol koʻrinib turadigan usulda yoki hujjatli garov xatida majburiyatning qisman bajarilganligi haqida yozib qoʻyish orqali tasdiqlashi shart. Elektron garov xati bilan taʼminlangan majburiyatlar toʻliq yoki qisman bajarilgan taqdirda garov xatining qonuniy egasi elektron garov xati boʻyicha majburiyat toʻliq yoki qisman bajarilganligi fakti toʻgʻrisida yozuv kiritish uchun “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyatiga murojaat qilishi shart. Hujjatli garov xatining ipotekaga oluvchida turishi yoxud garov xatida ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat qisman bajarilganligi haqida belgi yoki boshqacha tarzdagi tasdiqnoma yoʻqligi, agar oʻzgacha hol isbotlanmagan boʻlsa, bu majburiyat yoki tegishincha uning qismi bajarilmaganligidan dalolat beradi. Qarzdor oʻz huquqlarini tasdiqlash uchun elektron garov xatining qonuniy egasidan “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan belgilangan tartibda berilgan va tasdiqlangan garov xati egasining depo hisobvaragʻidan koʻchirmani talab qilishga haqli. Ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor oʻz qarzini toʻliq hajmda yoki garov xati boʻyicha oʻz m