Ipoteka toʻgʻrisida 38-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka sud tartibida qaratish

Ipotekaga oluvchining talablari boʻyicha undiruv ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomaga koʻra garovga qoʻyilgan mol-mulkka sudning qarori asosida qaratiladi, ushbu Qonunga muvofiq bunday talablar sudga murojaat qilmasdan qanoatlantirilishiga yoʻl qoʻyiladigan hollar bundan mustasno. Agar ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatning qarzdor tomonidan buzilishi juda arzimas boʻlsa va shu tufayli ipotekaga oluvchi talablarining miqdori garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatiga aniq mos kelmasa, undiruvni ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish rad etilishi mumkin, bundan ushbu Qonun 36-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno. Ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatning buzilishi quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida mavjud boʻlgan taqdirda, juda arzimas deb hisoblanadi: 1) agar ipoteka bilan taʼminlangan, qarzdor tomonidan qoplanmagan majburiyatning summasi ipoteka qiymatining oʻn besh foizidan kamroqni tashkil qilsa; 2) agar ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha davriy toʻlovlarni toʻlash muddatlarining buzilishi ketma-ket uch oydan oshmagan boʻlsa.