Ipoteka toʻgʻrisida 44-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma asosida realizatsiya qilish

Garovga qoʻyilgan mol-mulkni ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma asosida realizatsiya qilish quyidagi shartlarga rioya etilgan holda auksion oʻtkazish orqali amalga oshiriladi: ipotekaga oluvchi tomonidan ipotekaga qoʻyuvchiga ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatlar bajarilmayotganligi toʻgʻrisida ushbu Qonunning 45-moddasida koʻrsatilgan talablarga javob beradigan xabarnoma topshirish. Mazkur xabarnomani bevosita topshirish imkoni boʻlmagan taqdirda, u ipotekaga qoʻyuvchining ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan manziliga buyurtma xat shaklida yuboriladi; xabarnomani ipoteka roʻyxatdan oʻtkazilgan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda roʻyxatdan oʻtkazish; ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomadan kelib chiqadigan va xabarnomada koʻrsatilgan talablar qanoatlantirilmagan taqdirda, lekin mazkur bildirish ipotekaga qoʻyuvchiga yuborilgan paytdan eʼtiboran kamida ikki oy oʻtgach, auksion oʻtkazish toʻgʻrisidagi, ushbu Qonunning 46-moddasida koʻrsatilgan talablarga javob beradigan xabarnomani yuborish hamda uni ipoteka va birinchi xabarnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda roʻyxatdan oʻtkazish; auksion oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonni Oʻzbekiston Respublikasining hududida tarqatiladigan kamida ikkita davriy bosma nashrda eʼlon qilish. Auksionga qoʻyilayotgan koʻchmas mulkka doir barcha bitimlarni tuzish auksion oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon birinchi marta eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran taqiqlanadi, agar bitimlar tuzilgan boʻlsa, ular haqiqiy emas deb topiladi. Auksion oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon birinchi marta eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran auksion oʻtkaziladigan paytgacha kamida oʻttiz kun oʻtishi kerak. Ipotekaga qoʻyuvchi asosiy majburiyat bajarilmayotganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani olgach, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish uchun asoslar yoʻqligi toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilishga haqli. Ipotekaga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulk realizatsiya qilinishini ushbu Qonunning 53-moddasi birinchi qismida nazarda