Binolar yoki inshootlar ipotekasiga faqat ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha shu binolar yoki inshootlar joylashgan yer uchastkasiga yoxud bu uchastkaning garovga qoʻyilayotgan obyekt ishlab turishini taʼminlaydigan qismiga boʻlgan huquqlar yoxud mazkur uchastkaning yoki uning tegishli qismining ipotekaga qoʻyuvchiga tegishli ijaraga olish huquqi bir vaqtning oʻzida garovga qoʻyilgan holda yoʻl qoʻyiladi.