Iqtisodiy protsessual kodeksi 158-modda. Ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish

Birinchi instansiya sudi ayni bir shaxslar ishtirok etuvchi bir turdagi bir nechta ishni bitta ish yuritishga birlashtirishga haqli. Ishlarni birlashtirishga sudning ishni koʻrish yakuni boʻyicha hujjati qabul qilinguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. Ishlar birlashtirilganda ular boʻyicha ishni koʻrish muddati keyinroq tayinlangan ish boʻyicha belgilanadi. Ishlarni birlashtirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.