Iqtisodiy protsessual kodeksi 160-modda. Qarshi daʼvoni taqdim etish huquqi

Ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar javobgar dastlabki daʼvo bilan birga koʻrib chiqish uchun qarshi daʼvo taqdim etishga haqli. Qarshi daʼvo quyidagi hollarda taqdim etilishi mumkin, agar: 1) qarshi talab dastlabki talabni hisobga olishga qaratilgan boʻlsa; 2) qarshi daʼvoni qanoatlantirish dastlabki daʼvoni toʻliq yoki qisman qanoatlantirishni istisno qilsa; 3) qarshi daʼvo bilan dastlabki daʼvo oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik boʻlib, ularni birgalikda koʻrib chiqish nizoni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal etishga olib kelsa.