Iqtisodiy protsessual kodeksi 165-modda. Sud majlisi

Ish muhokamasi sud majlisida amalga oshiriladi. Sudning majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin. Ish boʻyicha birinchi sud majlisi ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay oʻtkazilishi kerak. Sud tashabbusiga koʻra yoki iqtisodiy sud ishlari ishtirokchilarining iltimosnomasiga koʻra sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilishi mumkin. Majlisda raislik qiluvchi sudya: 1) sud majlisini ochadi va qanday ish koʻrilishini eʼlon qiladi; 2) iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari majlisga kelgan-kelmaganligini, ularning vakolatlarini, majlisga kelmagan shaxslar tegishli ravishda xabardor qilingan-qilinmaganligini hamda ularning kelmaganligi sabablari toʻgʻrisida qanday maʼlumotlar borligini tekshiradi; 3) sud tarkibini eʼlon qiladi, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi, tarjimon sifatida kimlar ishtirok etayotganligini maʼlum qiladi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning rad qilish huquqini tushuntiradi; 4) kelgan guvohlarni majlis zalidan soʻroq qilish boshlanguniga qadar chiqarib yuboradi; 5) sud protsessi ishtirokchilariga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi; 6) tarjimonni bila turib notoʻgʻri tarjima qilganlik uchun, ekspertni bila turib notoʻgʻri xulosa berganlik uchun, guvohni bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiradi; 7) dalillarni tekshirish tartibini belgilaydi; 8) ish uchun ahamiyatli holatlar aniqlanishini taʼminlab, majlisga rahbarlik qiladi; 9) majlisda tegishli tartibni taʼminlash choralarini koʻradi. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari va sud majlisi zalida hozir boʻlganlar yozma qaydlar qilish, stenogramma yuritish va ovoz yozib olish huquqiga ega. Sud majlisining fototasviriga, videoyozuviga, shuningdek radio va televideniye orqali translyatsiya qilinishiga ishni koʻrayotgan sudning ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. Ishni yopiq sud majlisida mu