Iqtisodiy protsessual kodeksi 168-modda. Dalillarni tekshirish

Sud muhokamasi davomida sud ish boʻyicha dalillarni tekshiradi: ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning koʻrsatuvlarini, ekspertlarning xulosalarini, mutaxassislarning maslahatlarini (tushuntirishlarini) eshitadi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechiradi, shuningdek yozma shaklda taqdim etilgan tushuntirishlar, koʻrsatuvlar va xulosalarni oʻqib eshittiradi. Audio- va videoyozuvlarni namoyish qilish sud majlisi zalida yoki ushbu maqsad uchun maxsus jihozlangan boshqa xonada amalga oshiriladi. Audio- va videoyozuvlar namoyish qilinganligi fakti sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.