Iqtisodiy protsessual kodeksi 183-modda. Shartnoma tuzish yoki uni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori

Shartnoma tuzish yoki uni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi talab qanoatlantirilganda sud hal qiluv qarorining xulosa qismida shartnomaning har bir nizoli sharti boʻyicha xulosasini, shartnoma tuzishga majburlash toʻgʻrisidagi talab boʻyicha esa taraflar qanday shartlarda shartnoma tuzishi majburligini koʻrsatadi.