Iqtisodiy protsessual kodeksi 184-modda. Muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori

Pul mablagʻlarini undirish yoki mol-mulkni topshirish bilan bogʻliq boʻlmagan muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatish toʻgʻrisidagi talab qanoatlantirilganda sud hal qiluv qarorining xulosa qismida amalga oshirilishi kerak boʻlgan harakatlarni, shu harakatlarni amalga oshirishi shart boʻlgan shaxsni, shuningdek ularning amalga oshirilish joyi va muddatini koʻrsatadi.