Iqtisodiy protsessual kodeksi 187-modda. Hal qiluv qarorining oʻzgarmasligi

Ish boʻyicha hal qiluv qarori eʼlon qilinganidan soʻng hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning oʻzi uni bekor qilishga yoki oʻzgartirishga haqli emas, bundan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatining yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrilishi mustasno.