Iqtisodiy sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat: iqtisodiyot sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (bundan buyon matnda yuridik shaxs deb yuritiladi) va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish; iqtisodiyot sohasida qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga koʻmaklashish; qonunga va sudga nisbatan hurmatda boʻlish munosabatini shakllantirish.