Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak: 1) aniqlanishi talab qilinayotgan fakt; 2) mazkur fakt iqtisodiyot sohasida yuridik oqibatlar keltirib chiqarishi nazarda tutilgan qonunchilik hujjati normalari; 3) ushbu faktni aniqlash zarurligining asosi; 4) arizachi tomonidan tegishli hujjatlarni olish yoki yoʻqotilgan hujjatlarni tiklash imkoni yoʻqligini tasdiqlovchi dalillar. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi arizaga ushbu Kodeksning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi.