Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 21-bobida belgilangan qoidalarga koʻra sud tomonidan qabul qilinadi. Sud tomonidan yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilganda, hal qiluv qarorining xulosa qismida aniqlangan fakt bayon etiladi. Sudning yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori tegishli organlar tomonidan shunday faktni qayd etish uchun yoki aniqlangan fakt munosabati bilan yuzaga keladigan huquqlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi va ushbu organlar tomonidan beriladigan hujjatlarning oʻrniga oʻtmaydi.